Yo‘llar uzog‘imizni yaqin og‘irimizni yengil bo‘lishida muxim o‘rin tutadi va bu albatta yo‘llarni tekis va ravon, ozoda va qarovli bo‘lishida ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Xususan, so’nggi kunlarda Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi nazorati ostida viloyatimiz bo’ylab keng ko’lamdagi ta’mirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ayni bugunda ham Asaka tumani hududidan o’tuvchi Farg’ona viloyati Quva tumani bilan bog’lovchi davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg’ona xalqa yo’li» avtomobil yo’lida Vatanimiz mustaqilligining qutlug’ 33 yilligi oldidan keng ko’lamdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, yo’llarga obodlik shukuhi kirmoqda.