RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI:
"HECH BIR YOSHLARNING TAQDIRI BIZNI BEFARQ QOLDIRMASLIGI KERAK!"
Barchamizga ma'lumki, 2023 yilning 11-aprelida Prezidentimiz rahbarligida “Yoshlar bilan individual ishlashni tashkil etish” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida vazirlik va idoralar rahbarlariga e’tiborga muhtoj yoshlarni biriktirish belgilangan edi. Shu asosda Andijon viloyati hokimining topshirig'iga asosan Qo'rgontepa tumanining Ibn Sino, Ustoz va Yuksalish mahallalarida istiqomat qiluvchi “Qizil toifa” rolingan 27 nafar yoshlar bilan individual ishlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, “mahalladan vazirlikkacha” tizimi orqali Andijon viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi boshlig'i nazoratga olinishi biriktirilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig'i Mirzohidjon Nurmatov mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida yoshlarning muammoli murojaatlarini oʻrganish va ularga ijobiy yechim topish, salohoyatini yuzaga chiqarish, hayotda o'z o'rnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi vaadaniyatini yuklaltirishiga har tomonlama ko'maklashish va muntazam ravishda tizimli ishlar tashkil etish maqsadida Qo'rgontepa tumaning "Ibn Sino, "Yuksalish" va "Ustoz" mahallalarida istiqomat qiluvchi 27 nafar qizil toifa kiritilgan yigit-qizlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida, boshqarma boshlig'i tomonidan bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat, eʼtibor va gʻamxoʻrlik natijasida koʻplab qiz-u oʻgʻlonlar fan, madaniyat, sanʼat va sport yoʻnalishlarida Vatan bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishayotgani, dunyo hamjamiyatida mamlakatning munosib oʻringa ega boʻlishida oʻz hissalarini qoʻshib kelishayotganini alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida boshqarma boshlig'i “Hech bir yigit-qiz taqdiri bizni befarq qoldirmasligi kerak”, deya taʼkidlab, muammoli, uyushmagan va ijtimoiy-huquqiy yordamga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil qilishga alohida e'tibor qaratgani, voyaga yetmaganlar orasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning boʻsh vaqtini foydali tashkil etish, doimiy bandligini taʼminlash, kasbga yoʻnaltirish maqsadida ularnni qiynab kelayotgan muammolarni o'rganib, shu kunning o'zidayoq moddiy va amaliy yordam ko'rsatildi.